Siz o‘ynaysiz.Klipni biz kesamiz.
Har bir CS2 matchingiz tugashi bilan demo o‘qiladi: xatolaringiz raundma-raund ko‘rsatiladi, eng zo‘r momentlaringiz esa telefonga mos videoga aylanib, Telegramga keladi.
- Parolingiz so‘ralmaydi
- Hech narsa o‘rnatilmaydi
- Boshlash bepul
Bir marta ulaysiz, keyin faqat o‘ynaysiz
-
1
Akkauntni ulang
Steam yoki FACEIT orqali kiring va Steam yordam sahifasidan ikkita kodni nusxalab qo‘ying: ruxsat kodi va oxirgi match kodi. Telefondan ham bo‘ladi.
Siz, bir marta -
2
Odatdagidek o‘ynang
Premier va matchmaking o‘yinlari o‘zi qo‘shiladi. FACEIT uchun kompyuterda kengaytma demoni yuboradi, telefonda esa demo havolasini joylashtirasiz.
Siz, har kuni -
3
Tahlil va klipni oling
Match tugagach bir necha daqiqada tahlil tayyor bo‘ladi. Topilgan momentlar videoga aylanadi va @demkauz_bot orqali Telegramga keladi.
Demka, avtomatik
Har bir matchdan keyin qo‘lingizda
TikTok va Reels uchun klip
Moment boshidan oxirigacha kesilgan vertikal video. Montaj va dastur o‘rnatish shart emas.
Raundma-raund tahlil
Reyting, ADR, KAST, aim, granatalar va iqtisod. O‘zbek, rus yoki ingliz tilida.
2D qayta ko‘rish
Istalgan raundni xarita ustida kuzating: kim qayerda turgan, o‘q qayerdan kelgan.
Xatolar va o‘sish
Treydsiz o‘limlar, takroriy pozitsiyalar va reytingingiz match sayin qanday o‘zgarayotgani.
Qaysi momentlar klipga aylanadi
Faqat esda qoladigan lahzalar. Bitta oddiy headshot uchun klip qilinmaydi, shuning uchun lentangiz to‘la zo‘r kadrlar bo‘ladi.
- 5KAcebir raundda beshtasini ham
- 1vXKlatchbir o‘zingiz bir nechtasiga qarshi
- 3K2K, 3K, 4Kbir raundda bir nechta kill
- 1stEntryraund boshidagi birinchi muhim kill
- NSNoscopeAWP yoki Scout bilan nishonsiz
- WBDevor orqalidevorni teshib o‘tgan o‘q bilan
- SMTutun ichidansmoke orqali ko‘rmasdan topish
- HSDeagle headshotDesert Eagle bilan boshga bitta o‘q
- KNPichoq va Zeuskam uchraydigan, eng alamli killar
Bir matchda bir nechta moment topilsa, eng kuchlisi birinchi navbatga qo‘yiladi. Qolganlarini saytdagi Kliplar bo‘limidan tanlab tayyorlatasiz.
Tahlil shunday ko‘rinadi
Bu namunaviy match. Ulangandan keyin o‘zingizning har bir o‘yiningizni xuddi shunday ko‘rasiz.
| O‘yinchi | K | D | A | ADR | KAST | Reyting |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Siz | 24 | 17 | 5 | 96 | 73% | 1.18 |
| Jamoadosh 1 | 19 | 15 | 7 | 84 | 77% | 1.06 |
| Jamoadosh 2 | 16 | 16 | 4 | 71 | 68% | 0.94 |
| Jamoadosh 3 | 13 | 17 | 9 | 65 | 72% | 0.88 |
| Jamoadosh 4 | 11 | 18 | 6 | 58 | 64% | 0.79 |
Xulosa
ADR so‘nggi 10 o‘yindagi o‘rtachangizdan 12 ga yuqori. Eng kuchli tomoningiz T tarafdagi entry bo‘ldi: 6 ta birinchi killdan 5 tasida raund yutildi.
E’tibor bering
- 4-raund: treydsiz o‘limJamoadoshingiz 3 metr narida edi, lekin raqibingizni 5 soniya ichida hech kim o‘ldirmadi.
- 15-raund: bir joyda ikki martaOldingi raunddagi o‘lgan joyingizga yaqin pozitsiyada yana o‘ldingiz.
- 19-raund: eco’da qurol oldingizJamoa tejayotganda to‘liq xarid keyingi raundga pul qoldirmadi.
Bepul boshlang, keyin tanlaysiz
Bepul
- So‘nggi 15 ta match tahlili
- Haftasiga 1 ta klip
- 720p, 60 kadr/soniya
Pro
- So‘nggi 30 kundagi barcha matchlar
- Oyiga 250 ta klip
- 1080p, 60 kadr/soniya
Max
- Pro’dagi hamma narsa
- Oyiga 500 ta klip, navbatsiz
- Raqib ko‘zidan ham klip
- 1080p, 120 kadr/soniya
Uzcard, Humo, Visa kartalari yoki Click, Payme, Uzum orqali to‘lash mumkin. Obunani istalgan vaqtda bekor qilasiz.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Steam parolimni berishim kerakmi?
Yo‘q. Kirishni Steam’ning o‘zi tasdiqlaydi, biz parolingizni hech qachon ko‘rmaymiz. Faqat match tarixingiz va demolarni o‘qiymiz; inventar, savdo va xabarlaringizga kirish yo‘q.
Qaysi o‘yinlar tahlil qilinadi?
Premier va oddiy matchmaking kodlar orqali avtomatik qo‘shiladi. FACEIT o‘yinlari kompyuterdagi kengaytma orqali yoki demo havolasini joylashtirish orqali qo‘shiladi.
Klip qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
Odatda match tugaganidan keyin bir necha daqiqada. Sahifani yopib qo‘ysangiz ham ish davom etadi, tayyor bo‘lgach Telegramga xabar keladi.
Eski matchlarimdan klip qila olamanmi?
Valve demolarni taxminan 30 kun saqlaydi. Shundan eski o‘yinlar ro‘yxatda ko‘rinadi, lekin ulardan video tayyorlab bo‘lmaydi.
Kompyuter klubida o‘ynayman, nima qilay?
Klub kompyuteriga hech narsa o‘rnatish shart emas. Kodlarni telefoningizdan saytga kiritasiz yoki match kodini @demkauz_bot ga yuborasiz.
Savolimga javob topmadim
Telegram kanalimiz @demkauz yoki botimiz @demkauz_bot orqali yozing, jamoamizdan kimdir javob beradi.
Keyingi ace’ingiz yo‘qolib ketmasin
Ulang, o‘ynang, klipni Telegramdan oling. Birinchi tahlil bepul.